20:58 / 03.06.2025
23 057

Humans O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi kiritdi. U davlat organlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda

 


Kompaniya Investitsiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazda (ICSID) O‘zbekistonga qarshi arbitraj muhokamasini boshladi. Javobgar - Adliya vazirligining O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi.


Buning sabablaridan biri o‘tgan yili Markaziy bank tomonidan bukmekerlarga pul o‘tkazgani uchun Humans'ga qarashli Maroqand to‘lov tashkiloti faoliyatining cheklanishi bo‘ldi. Shuningdek, Humans O‘zbektelekom'ning monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzayotgan harakatlari yuzasidan e’tiroz bildirmoqda.


“Biz O‘zbekistonning qonun ustuvorligi va amaldorlar zo‘ravonligisiz o‘zgarishi tarafdorimiz”, - dedi Humans Group bosh direktori va asoschisi Vladimir Dobrinin.


U arbitraj muhokamasini ”investorlar o‘z manfaatlarini insofsiz boshqaruvdan himoya qilishning madaniyatli vositasi” deya atadi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing