15:52 / 13.05.2025
1 423

AOKA internetdagi noqonuniy kontentlar monitoringini yuritishi mumkin

 

Agentlik tomonidan onlayn-platforma va saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.


Hujjat bilan bloger va inflyuyenserlar, shuningdek, internet-resurslarini moderatsiya qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish belgilanmoqda.


Endi O‘zbekistonda kuniga 100 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega onlayn platformalar mamlakatda rasmiy vakilini tayinlashi kerak bo‘ladi.


Hayot va xavfsizlikka tahdid soluvchi kontent aniqlangan holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatish talab etiladi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing