14:34 / 15.04.2025
22 784

Telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha xususiy klinika ikki shifokoriga jazo tayinlandi

 

Anafilaktik shok holati yaqqol ko‘rinib turganiga qaramay, tashxis noto‘g‘ri qo‘yilib, dastlabki davo choralari ham xato olib borilgan. Shifokorlardan birining o‘z kasbiga beparvolik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida u 12 soat qarovsiz qolib ketgan.


Sud hukmiga ko‘ra, ikki shifokor 1 yil 6 oyga Sog‘liqni saqlash tizimida reanimatolog vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, har biri 334 million 150 ming so‘m moddiy zararni to‘lashi kerak.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing