
O'zbekiston Migratsiya agentligi va Germaniyaning SBH West GmbH kompaniyasi hamkorlikda Germaniyada avtobus va yuk mashinalari haydovchilari uchun ishga qabul e'lon qildi. Mamlakat bo'ylab jami 300 ta ish o'rni taklif etiladi.
Maosh oyiga qo'lga 2,2 ming yevro, ish haftasi besh kunlik va har kuni 8 soatlik ish rejimida bo'ladi. Tanlovda BC, CE yoki D toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega, nemis tilini A2 yoki B1 darajasida biladigan, 21 yoshdan 44 yoshgacha bo'lgan, sudlanmagan va yaxshi sog'lig'i bor nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlangan nomzodlar Germaniyaga jo'nashdan oldin nazariy va amaliy mashg'ulotlar, nemis tili kurslari hamda avtobus simulyatorlarida treningdan o'tadi. Dastur doirasida viza rasmiylashtirish, aviabilet va aeroportdan ish joyiga yetkazish ham ta'minlanadi.
Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun 71-202-33-55 yoki qisqa 1282 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
O'zbekiston Migratsiya, Germaniya Ish, Haydovchilik Guvohnomasi, Nemis Tili, Ishga Qabul
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi milliy haydovchilik guvohnomalarini yagona darchadan olishingiz mumkin
O‘zbekistonga 370 mln dollarlik telefonlar import qilindi
O‘zbekiston–Rossiya migratsiya islohotlari bo‘yicha yangi kelishuvlar yangilandi
Rossiya kompaniyalari 7 ming nafar o‘zbekistonlikni ishga jalb qiladi
Kiyev maktablarida o‘quvchilarning 66 foizi ukrain tilini bilmaydi