21:59 / 15.11.2025
1 509

Qashqadaryoda ota aliment o‘rniga 6 sotix hovli berdi

Qashqadaryoda bir ota o‘zining aliment majburiyatini noodatiy tarzda ado etdi — u farzandi uchun belgilangan to‘lov o‘rniga undiruvchiga 6 sotixli hovlini rasman topshirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koson tumanlararo sudi qarzdordan farzandi balogat yoshiga yetguncha moddiy ta’minotni ta’minlashni belgilagan edi. Ammo to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani sababli qarzdorlik miqdori 9 million so‘mgacha ortdi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari olib borgan chora-tadbirlardan so‘ng, ota qonuniy majburiyatini bajarish zarurligini tan oldi va vaziyatga insonparvarlik bilan yondashdi.

Shu tariqa, 11 noyabr kuni N.Qo‘ziboyev aliment o‘rniga farzandining manfaati uchun o‘zining 6 sotixli uy-joyini berishga qaror qildi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro ishi to‘liq yakunlandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat qonundagi majburiyatni bajarish bilan birga, ota tomonidan farzandiga nisbatan mas’uliyatli munosabatning namunasi bo‘ldi.


Qashqadaryo Viloyati, Aliment Majburiyati, Koson Tumani, Moddiy Ta'minot, Insonparvarlik Yondashuvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing