00:32 / 16.11.2025
1 752

Janubiy Koreyada yirik logistika ombori dahshatli yondi

Janubiy Koreyaning Chxonan shahrida mamlakatdagi eng katta logistika omborlaridan biri yong‘inga duch keldi. Chosun nashrining yozishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun 63 ta maxsus yong‘in-qutqaruv texnikasi va bir nechta shaharlardan kelgan 129 nafar qutqaruv xizmatchisi jalb etilgan.

Ombor to‘liq kiyim-bosh mahsulotlari bilan to‘ldirilgani uchun alanga qisqa fursatda katta maydonga tarqalgani aytilmoqda.

Rasmiylar fuqarolardan xavfli hududdan iloji boricha uzoq yurishni va favqulodda holat sodir bo‘lgan joyga yaqinlashmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.


Janubiy Koreya, Chxonan Shahri, Yong'in Hodisasi, Logistika Ombori, Qutqaruv Xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing