01:02 / 16.11.2025
1 759

Andijonda 225 grammlik taqinchoq yashirgan ayollar ushlandi

Andijonda 200 million so‘m qiymatidagi taqinchoqlarni ichki a’zolariga yashirib olib kirishga urinayotgan uch ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon aeroportida xalqaro parvozlar yo‘lga qo‘yilishi bilan birga, bojxona nazorati jarayonida qonunbuzarliklarning oldi olinmoqda. Xususan, Istanbul–Andijon yo‘nalishi bilan kelgan yo‘lovchilar orasida bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan guruh aniqlandi.

Belgilangan tartibda o‘tkazilgan shaxsiy tekshiruv davomida uch nafar ayol tomonidan umumiy og‘irligi 225,3 gramm bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlari ichki a’zolariga yashirilgan holda olib kirishga uringani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan rasmiy tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Dastlabki bahoga ko‘ra, ushlab qolingan taqinchoqlarning qiymati 200 million so‘mni tashkil etadi va ular vaqtincha saqlovga olingan.


Andijon Aeroporti, Bojxona Nazorati, Qonunbuzarlik Holati, Istanbul Yo'nalishi, Zargarlik Buyumlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing