
Abu-Dabida o‘ziga xos yangi shokolad sotuvga qo‘yildi. Bu mahsulot o‘tgan yili Dubayda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan desert asosida qayta yaratilgan eksklyuziv shirinlikdir.
Mashhur qandolatchi Nouel Catis tomonidan tayyorlangan ushbu shokolad BAA poytaxti Abu-Dabi nomi bilan atalib, muallifning shaxsiy tarixiga ham chuqur bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yetti-sakkiz yildan beri shu shaharda yashaydi va Abu-Dabini o‘zining “ikkinchi uyi” deb biladi. Dubaydagi muvaffaqiyatdan keyin usta qandolatchi ilhom manbai bo‘lgan shaharga qaytib, o‘z faoliyatida yangi bosqich boshlagan.
Time Out Abu Dhabi'ning yozishicha, shokolad ta’mi paxlava va tuzli karamel uyg‘unligini eslatadi. Bir donasi 105 dirhamdan sotilmoqda.
Yangi desert tarkibi uchta asosiy yo‘nalishga tayanadi:
1. Shafran va kardamon — mintaqada keng ishlatiladigan xushbo‘y ziravorlar;
2. Taxina va xurmo — mahalliy taomlardan ilhomlangan mazali qo‘shimchalar;
3. Nostalgik qirindi — o‘ziga xos tekstura uchun maydalangan pechene.
Barcha komponentlar qalin tuzli karamel qatlami bilan qoplangan bo‘lib, desert usti 24 karatli oltin parchalari bilan bezatilgan.
Shirinlik nafaqat ta’mi, balki hashamatli ko‘rinishi bilan ham e’tiborni tortayotgani aytilyapti.
Abu Dabi, Yangi Shokolad, Mashhur Qandolatchi, Tuzli Karamel, Hashamatli Shirinlik