
Argentinadagi bir zavodda yuz bergan kuchli portlash videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv keltirdi. Kadrlarda binoning portlash payti va osmonga ko‘tarilgan quyuq tutun halqalari yaqqol ko‘rinadi. Zarba to‘lqini shunchalik kuchli bo‘lganki, hatto samolyot parvozi balandligidan ham namoyon bo‘lgan. Hatto shaharning bir nechta tumanlarida uylarning derazalari chayqalib singani aytilmoqda.
Hodisa Esays shahridagi qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlari ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo‘lgan. Alanga 20 metrgacha baland ko‘tarilgani qayd etilgan.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, falokat ortidan 200 dan ziyod aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan, kamida 22 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Hozirda favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda.
Argentina Portlash, Kuchli Zarba, Qishloq Xo'jaligi, Favqulodda Holat, Tan Jarohati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning Kiyevga navbatdagi hujumida tinch aholi jabr ko‘rdi
Qamchiqda miltiqli erkak do‘konga bostirib kirib, sotuvchini jarohatladi
Nyu-Dehli markazida avtomobil portlashida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi
Kashmirdagi kuchli portlash qisqa vaqtda ko‘p insonni halok qildi