01:16 / 16.11.2025
1 780

"Barselona" hujumda Yamal uchun yangi raqobatchi qidirmoqda

“Barselona” 2026 yilning yozida hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kataloniya giganti qiziqishlari ro‘yxatida Dortmundning “Borussiya” klubidan Karim Adeyemi ham bor.

Barca Universal nashri xabar qilishicha, sport direktori Deku 18 yoshli Lamin Yamalning yoshligi sababli unga kuchli raqobatchi zarur deb hisoblamoqda. Hujum chizig‘ida ham samarali o‘ynay oladigan bu Germaniyalik vinger klub uchun ideal variant sifatida ko‘rilmoqda.

Karim Adeyemining Transfermarkt saytidagi taxminiy qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. So‘nggi paytlarda 23 yoshli futbolchi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi tomonidan ham asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.


Barselona Klubi, Karim Adeyemi, Dortmund Borussiya, Lamin Yamal, Manchester Yunayted
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing