23:58 / 15.11.2025
1 800

Pedri: Yamalning yoshi kattaga xos pishiqligi bor


Barselona yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Lamine Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Lamine – ajoyib.

Uning yoshida bunday darajaga yetgan futbolchilar juda kam. U juda yetuk inson va shaxsiy hayoti haqida gap-so'zlar tarqalganda ham hech qachon yo'ldan chiqmaydi.

Yamal bu bosimlarga tabiiy ravishda bardosh beradi, holbuki u endigina 18 yoshda", – dedi 22 yoshli yarim himoyachi intervyusida. Joriy mavsumda Lamine Yamal 11 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

May oyining oxirida esa iste'dodli futbolchi "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.
Barselona Futboli, Lamine Yamal, Pedri Fikrlari, Yoshlik Muvaffaqiyati, Futbol Shartnomasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing