10:29 / 29.08.2025
41 317

Andijon va Namanganda bir nechta mansabdor shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 


 Jalaquduq tumani hokimi o‘rinbosari va Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi mansabdori fermerdan pora talab qilgani aytilib, ushlandi. Ular fermerning 10 sotixli dala hovlisini hokim o‘rinbosarining qarindoshi nomiga o‘tkazib olishga urinishgan. Holat tezkor tadbir paytida fosh etildi.


 Shuningdek, Andijonda Kadastr palatasi filiali boshlig‘i fuqaro­dan 4 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga olingan.


 Namanganda esa maktab va MTT bo‘limi mudiri hamda ikki xususiy bog‘cha rahbari mansabdor tanishlari orqali bog‘cha mudiraligiga tayinlash evaziga 2500 dollar talab qilib, ushlandi.


 Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining pora olish va firibgarlikka oid moddalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilar qamoqqa olingan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing