12:14 / 23.07.2025
17 433

2025-yildagi ajrimlar statistikasi: Qaysi hudud yetakchilik qilmoqda?

 



 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 23,3 mingta nikoh ajraldi. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 800 taga ko‘p.


Ajrimlarning hududlar bo‘yicha taqsimoti:


  •  Shahar hududlari: 14,1 ming ajrim (60,6%)
  •  Qishloq hududlari: 9,2 ming ajrim (39,4%)



 Eng ko‘p ajrim qayd etilgan hududlar:


  1. Toshkent shahri – 1,5 ming
  2. Toshkent viloyati – 1,2 ming
  3. Farg‘ona viloyati – 1,2 ming



🔻 Eng kam ajrim:

📍 Navoiy viloyati – 310 ta


 Nikohlar soni kamaymoqda


2025-yilning birinchi yarmida 95,3 mingta nikoh rasmiylashtirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,1 mingtaga kam.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing