14:55 / 25.02.2025
20 952

Kongoda noma’lum kasallikdan 50 dan ortiq odam vafot etdi UzNur.uz

Kongoda noma’lum kasallikdan 50 dan ortiq odam vafot etdi


 


Kasallik barcha yoshdagi odamlar uchun xavfli hisoblanib, alomatlari orasida isitma, titroq, bosh og`rig`i, mushak og`rig`i, bo`g`im og`rig`i mavjud.

Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) shimoli-g`arbida qayd etilgan, kelib chiqishi noma’lum bo`lgan isitma kasalligidan 50 dan ortiq odam vafot etdi. Bu Аcтуалите nashri mahalliy sog`liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
"943 ta holat, shu jumladan 52 ta o`lim holati qayd etildi, bu o`lim darajasining 5,5 foiziga to`g`ri keladi," - deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, ilk kasallanish holatlari joriy yilning 9 fevral kuni qayd etilgan. Kasallik barcha yoshdagi odamlar uchun xavfli hisoblanib, alomatlari orasida isitma, titroq, bosh og`rig`i, mushak og`rig`i, bo`g`im og`rig`i bor.
Shu bilan birga, KDR Sog`liqni saqlash vazirligi Ebola isitmasi epidemiyasi ehtimoli haqidagi gipotezani rad etdi, deya ta’kidladi Аcтуалите.


Tailand, noma'lum kasallik, 60 kishi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing