Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva muzokaralarga emas, balki urushni davom ettirishga tayyorlanayotganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Pravda” nashri.

“Rossiya oʻz harbiylari sonini 100 ming nafarga oshiryapti, yangi harbiy boʻlinmalar tuzyapti va qurol ishlab chiqarish hajmini keskin oshirmoqda. Bu Moskvaning Ukraina bilan muzokaraga kirishishini emas, aksincha, urushni davom ettirishni xohlayotganidan dalolat beradi”, — deydi Zelenskiy.
Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi Rossiyaning ushbu harakatidan soʻng barcha Yevropa davlatlari oʻz mudofaasini kuchaytirishi kerakligini qatʼiy taʼkidlagan.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasidagi mojarolarni toʻxtashiga sabab boʻlsa, Putin bilan muzokaralar stoliga oʻtirishga roziligini maʼlum qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Zelenskiy: Tinchlikka erishish uchun Rossiya va Yevropa Ittifoqi uchun xavfsizlik kafolatlari zarur

Rossiya-Ukraina urushi: 1059-kungi asosiy voqealar

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi