17:58 / 07.12.2024
155 115

AQShda Trampning 2021 yilda hokimiyatni saqlab qolishga urinishi bo‘yicha ish to‘xtatildi

 

AQShda Trampning 2021 yilda hokimiyatni saqlab qolishga urinishi bo‘yicha ish to‘xtatildi.

Sudya AQSh hukumatining iltimosini qondirishga qaror qildi.

Kolumbiya Federal sudi Donald Trampning 2021-yil yanvarida AQSh prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, hokimiyatni saqlab qolishga urinishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sudya Tanya Chatken AQSh hukumatining ishni tugatish haqidagi iltimosini qanoatlantirishga qaror qildi.

Aniqlik kiritilishicha, prokurorlar yana ayblov eʼlon qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin yuz berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil avgust oyida AQSh maxsus prokurori Jek Smit Trampga to‘rtta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilgan edi. U 2020 yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, hokimiyatni noqonuniy ravishda saqlab qolishga uringanlikda ayblangan.


Tramp, AQSH, xabarlar, siyosat, 2024, 2024 yil, 2021, 2021 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing