11:34 / 15.08.2025
11 283

Putin va Tramp uchrashuvi vaqti e’lon qilindi

 


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvi 15-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan 16-avgustga o‘tar kechasi soat 00:30) boshlanadi.


Dastlab ikki davlat rahbarlari tarjimonlar ishtirokida yakka tartibda suhbatlashadi. So‘ngra delegatsiyalar tarkibida muzokaralar davom ettiriladi va uchrashuv ishchi nonushta bilan yakunlanadi.


Uchrashuvning asosiy mavzusi — Rossiya–Ukraina mojarosini hal etish masalasi bo‘ladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing