16:48 / 06.04.2025
37 457
Britaniyada aholi 72 soatlik "tirik qolish to‘plami"ni tayyorlab qo‘yishga chaqirildi
Daily Mail nashrining yozishicha, Britaniya razvedkasi energetika infratuzilmasi va dengiz ostidagi gaz quvurlariga Rossiya tomonidan diversiyalar uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bunday hujumlar elektr ta'minotida jiddiy uzilishlarga olib kelishi xavfi bor.
Materialga ko‘ra, Rossiya kemasi allaqachon Shimoliy dengizdagi gaz quvurlariga yaqin joyda razvedka ishlarini olib borgan. Shu sababli hukumat fuqarolarga uyda 72 soatlik "xavotir ryukzagi"ni tayyorlab qo‘yishni tavsiya qilmoqda. Unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
- ichimlik suvi zaxirasi,
- konservalangan oziq-ovqat,
- kerakli dori-darmonlar,
- muhim hujjatlar,
- chiroq,
- batareykali radio,
- shveysariya pichog‘i.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi

2027 yilga kelib Arktikada muz qolmasligi mumkin uznur.uz

O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

Tramp Amerika xalqiga naf keltirmaydigan pulni ko’r-ko’rona tarqatishni to’xtatishni e’lon qildi UzNur.uz

5-fevraldan Rossiyada migrantlar uchun bir qator cheklovlar kuchga kirdi