08:54 / 30.06.2025
30 303
Uzbekistan Airways 1-iyuldan Toshkent – Tel-Aviv aviaqatnovlarini qayta tiklaydi
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi 2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslarni qayta tiklashini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy axborot kanallarida ma’lum qilindi.
16-iyundan 30-iyungacha bo‘lgan davrda Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani,Tel-Aviv xalqaro aeroporti atrofida havo makonidan foydalanishga cheklovlar joriy etilgani sababli Uzbekistan Airways reyslarini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Yangi tartibda amalga oshiriladigan reyslar:
- 1-iyuldan boshlab aviaqatnovlar odatiy jadval asosida davom ettiriladi.
- Aviakompaniya yo‘lovchilarga eng so‘nggi ma’lumotlar va yangiliklar bilan tanishib borish uchun kompaniyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlariga murojaat qilishni tavsiya qiladi.
Uzbekistan Airways barcha yo‘lovchilarga xavfsizlik choralariga rioya etishni, shuningdek, aviachiptalar va reys holati haqida oldindan ma’lumot olishni maslahat beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi

“Uzbekistan Airways” 5ta yangi samolyot olib kelishni rejalashtirmoqda

Panorama Airways va Gulbakhor Airways fuqarolarga 25 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi