02:38 / 22.12.2025
1 437
Brunu Fernandesh jarohati sabab kamida bir oy safdan chiqadi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 17-turida “Aston Villa”ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Uchrashuv yakshanba kuni bo'lib o'tdi va “qizil iblislar” 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Jurnalist Jon Persi ma'lumotiga ko'ra, tanaffusda almashtirilgan mankunianlar sardori kamida bir oy maydonga tusha olmaydi. 31 yoshli portugaliyalik yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng tiklanish muddatlari bo'yicha aniqroq xulosa beriladi.
Joriy mavsumda Fernandesh “Manchester Yunayted”ning chempionatdagi barcha o'yinlarida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Uning hisobida 5 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Manchester Yunayted, Brunu Fernandesh, Angliya Premyer-ligasi, Aston Villa, Joriy mavsum
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Aston Villa" so'nggi daqiqada "Arsenal"ni mag'lub etdi
"Aston Villa" so'nggi daqiqada "Arsenal"ni mag'lub etdi (video)
«Aston Villa» Birminghemda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi
«Aston Villa» Birminghemda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi
Brunu Fernandesh: «Yunayted»ga sadoqatim takliflardan ustun