02:46 / 22.12.2025
1 625

Rimning “Roma”si “Atletiko” hujumchisi bo'yicha muzokara boshladi


Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Jyakomo Raspadori ketganiga bor-yo'g'i yarim yil bo'lganiga qaramay, Italiyaga qaytishi mumkin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, rimliklar 25 yoshli futbolchi transferi bo'yicha “Atletiko” bilan muzokaralarni boshlagan.

“Roma” Raspadorini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. O'yinchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilingan.

“Atletiko” Raspadorini avgust oyida “Napoli”dan 22 million yevroga xarid qilgan. U Diego Simeone jamoasi safida barcha musobaqalarda 14 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.

“Sassuolo” tarbiyalanuvchisi madridliklar asosiy tarkibida atigi 4 marta o'yinni boshlagan.
Atletiko klubi, Jyakomo Raspadori, Italiya futboli, Roma transferi, Diego Simeone
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing