01:42 / 22.12.2025
1 538

Flik Barselona yilni qanday kayfiyatda yakunlayotganini aytdi


Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa ichidagi muhit va kayfiyat haqida fikr bildirdi. Yakshanba kuni ko'k-anorranglilar Villarrealni 2:0 hisobida mag'lub etib, barcha turnirlardagi g'alabali seriyasini yetti uchrashuvga yetkazdi.

Kataloniyaliklar 2025 yilni La Liga turnir jadvalida yetakchi sifatida yakunlamoqda. "Jamoaning kayfiyati?

Hozir futbolchilar dam olish va kuchni tiklab olish imkonidan xursand. Biz jipsmiz va bir butun sifatida harakat qilyapmiz, bu esa meni juda quvontiradi", deya Flik so'zlarini Jijantes nashri keltirdi.

Barselonaning ikkinchi o'rindagi Madrid Reali ustidan ustunligi to'rt ochkoni tashkil etadi. Keyingi turda, 3 yanvar kuni Flik shogirdlarini Espanolga qarshi safardagi shahar derbisi kutmoqda.

Barselona jamoasi, Hans-Diter Flik, La Liga, Villarreal jamoasi, Madrid Reali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing