«Aston Villa» Birminghemda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi

"Aston Villa" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Angliya Premer-ligasining 17-tur uchrashuvida mezbonlar g‘alabali seriyasini davom ettirib, chempionlik poygasidagi sur’atni saqlab qolishdi.
Mehmonlar esa tezkor javobga qaramay, yana ochkosiz qoldi. Dastlab "Aston Villa" hisobni tanaffusga yaqin ochdi. Morgan Rodjers jarima maydoniga kirib, uzoq burchakni aniq nishonga oldi.
Biroq "qizil iblislar" tezda hisobni tenglashtirishdi. Mateus Kunya Emiliano Martines bilan birga-bir vaziyatda gol urib, raqib darvozasiga to‘pni oshirib yubordi. Shundan so‘ng o‘yin yanada keskinlashdi va xavfli vaziyatlar ko‘paydi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar pressingni kuchaytirishdi. 58-daqiqada Rodjers dublga erishdi. U jarima maydoni burchagida to‘pni o‘z nazoratiga olib, yuqori burchakka zarba berdi.
Shundan keyin "Yunayted" hujumlarni kuchaytirib, uzoq uzatmalar va standart vaziyatlar bilan bosim o‘tkazdi, lekin "Aston Villa" himoyada mustahkam turdi.
Shu bilan birga, hakam jarima maydonidagi qo‘l epizodiga penalti bermadi. Uchrashuv oxirlarida hakam bir nechta sariq kartochka ko‘rsatdi.
Ugarte Kamarga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, keyinchalik esa Bogard Dorguni to‘xtatishda qoidani buzdi. Shuningdek, birinchi bo‘limda Martinesning jarohati sabab o‘yin bir muddat to‘xtatildi.
APL. 17-tur
Aston Villa – Manchester Yunayted 2:1
Gollar: Rojers 45, 58 – Kunya 45+3
Aston Villa – Martines, Kesh, Konsa, Lindelyof, Maatsen (Din, 75), Kamara, Onana, Makginn, Tilemans, Rojers, Uotkins (Malen, 75)
Manchester Yunayted – Lammens, Dalot, Yoro, Heven, Shou, Dalot, Ugarde (Zirkzee, 73), Fernandesh (Martines, 46), Dorgu, Kunya, Mount, Sheshko (Fletcher, 73)
Ogohlantirishlar: Ugarte 69, Dalot 72