03:35 / 22.12.2025
1 818

Betis Hetafeni 4:0 hisobida yirik mag'lub etdi


La Liganing 17-turida Betis o'z maydonida Hetafeni yirik hisobda taslim qildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Antoni uzatmasidan so'ng Aytor Ruibal hisobni ochdi.

Tanaffusdan keyin qarshi hujumda Antoni to'pni ustunga tekkizdi, qaytgan to'pni esa Ruibal darvozaga yo'llab, dublini rasmiylashtirdi. Oradan uch daqiqa o'tib Pablo Fornals ham gol urib, hisobni yiriklashtirdi.

60-daqiqada Ruibal uzoq masofadan zarba berdi, mehmonlar darvozaboni qaytardi. Epizod davomida Mark Roka to'pni Xuan Ernandesga uzatdi va u aniq zarba bilan hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.

79-daqiqada Fornals yana bir bor darvozani ishg'ol qildi, biroq ofsayd sababli gol bekor qilindi. O'yin yakunida Borxa Mayoral penaltidan foydalana olmadi: u zarbani darvoza to'rtburchagiga sig'dira olmadi.

G'alabadan so'ng Betis turnir jadvalida 6-o'rindagi mavqeini mustahkamladi. Hetafe esa 10-o'rin atrofida qolmoqda.

La Liga, Betis Hetafe, Antoni uzatmasi, Pablo Fornals, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing