03:42 / 22.12.2025
1 800

Fiorentina 210 kundan so'ng A Seriyada g'alaba qozondi


Italiya A Seriyasining qisqartirilgan 16-turida eng e'tiborli natijalardan biri Florensiyaning Fiorentina klubidan qayd etildi. Jamoa o'z maydonida Udinezeni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1.

Bu Fiorentinaning joriy mavsumdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Umuman olganda, “binafsharanglar” chempionatdagi navbatdagi zafarni 210 kun kutdi.

Qizig'i, Fiorentinaning bundan avvalgi g'alabasi ham 210 kun avval aynan Udineze ustidan qozonilgan edi — o'shanda hisob 3:2 bo'lgan. A Seriyaning keyingi turida Florensiya klubi Parma bilan 27 dekabr kuni maydonga tushadi.

Shunga qaramay, Fiorentina hozircha turnir jadvalida so'nggi o'rinda qolmoqda.
Italiya A Seriyasi, Fiorentina klubi, Udineze jamoasi, Chempionat zafari, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing