02:36 / 22.12.2025
1 554
Antoni Betis safida 14 o'yinda 11 samarali harakat qayd etdi

La Liganing 17-turi doirasida "Betis" "Xetafe"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Uchrashuvda sevilyaliklar vingeri Antoni golga uzatma bilan ajralib turdi.
Braziliyalik futbolchi 16-daqiqada Aytor Ruibalning goliga assist muallifi bo'ldi. Bu natijali uzatma Antonining so'nggi uchrashuvlardagi samarali harakatlari seriyasini davom ettirdi.
Oktyabr o'rtalaridan buyon u yuqori unum ko'rsatib, shu davrda 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Umuman olganda, barcha musobaqalarda o'tkazilgan so'nggi 14 o'yinda Antonining hisobida 11 ta natijali harakat bor.
Antoni 1-sentabr kuni "Manchester Yunayted"dan "Betis"ga o'tgan edi. Braziliyalik futbolchining Sevilya jamoasi bilan shartnomasi 2030 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
La Liga, Betis jamoasi, Antoni futbolchi, Braziliyalik vinger, Sevilya shahri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar