03:47 / 22.12.2025
1 867

Kompani Myunxen Bavariyasidan faxrlanishini aytdi


Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga doirasida "Xaydenxaym" maydonida qo'lga kiritilgan 4:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa murakkab vaziyatni yengib o'tdi va mavsumning ikkinchi qismi uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Kompani "Bavariya" to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganiga ishonch bildirdi. "Men bu jamoadan faxrlanaman.

Bu yerga kelib, yaxshi o'yin ko'rsatish o'z-o'zidan bo'ladigan ish emas. Mavsumning ikkinchi qismi uchun yaxshi poydevor qo'ydik.

Sovrinlar bahorda hal bo'ladi, biz esa bu kurashda albatta qatnashishimiz kerak", dedi Kompani. 15 turdan so'ng "Bavariya" 41 ochko jamg'argan va Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib bormoqda.

Bavariya klubi, Vensan Kompani, Bundesliga doirasi, Germaniya chempionati, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing