02:52 / 22.12.2025
1 600

Grinvud Marsel tarixida yillik gollar bo'yicha ikkinchi bo'ldi


Fransiya kubogi 1/32 finalida «Marsel» safarda «Burn-an-Bress»ni 6:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuvdagi ikkinchi golni Meyson Grinvud kiritdi.

Angliyalik hujumchi uchun bu gol yakunlanayotgan 2025 yil davomidagi 26-gol bo'ldi. Bu natija provansalliklar klubining butun tarixida bir yil ichida urilgan gollar bo'yicha ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi.

Bir yil ichida bundan ko'proq gol urgan yagona futbolchi — Florian Tovin: u 2018 yilda 30 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Grinvud esa 2014 yilgi Andre-Per Jinyak natijasini ortda qoldirdi — o'shanda fransuz hujumchisi 24 gol urgan edi.

«Marsel» Fransiya kubogini 10 marta qo'lga kiritgan, biroq so'nggi g'alabasi 1989 yilga to'g'ri keladi. Liga 1 turnir jadvalida jamoa hozircha uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing