
16 dekabr kuni O'zbekistonning ko'p qismida havo o'zgaruvchan, tumanli bo'lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O'zgidromet. Toshkentda kunduzgi harorat +7°...+9°, kechasi esa -1°...+1° oralig'ida bo'ladi, kichik yomg'ir yog'ishi mumkin.
Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechga yaqin yog'ingarchilik kutilmoqda. Kunduzgi harorat +5°...+10° oralig'ida bo'ladi.
Eng issiq havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi, harorat +13° gacha ko'tariladi. Qoraqalpog'istonda qor yog'ishi kutilmoqda, kechasi harorat -8° gacha pasayadi.
Tog'li hududlarda ham qor yog'ishi ehtimoli bor, kunduzgi harorat 0°...+5° oralig'ida bo'ladi. O'zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi saqlanib qolayotganini ma'lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing