23:40 / 04.11.2025
78 965

O'zbekistonda keskin sovuq va ilk qor

O‘zbekiston aholisi 4 noyabr soat 20:00 dan 5 noyabr soat 20:00 gacha bo‘lgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) xabar berdi.

O‘zbekistonga sovuq havo massasi kirib kelishi sababli 4-6 noyabr kunlari ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmoqda. Havo harorati sezilarli darajada pasayadi, yomg‘ir yog‘adi va ayrim hududlarda ilk qor kuzatiladi.

4-5 noyabr kunlari ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik qor ko‘rinishiga o‘tadi. 4-6 noyabr kunlari havo harorati kechalari 0-3 darajagacha iliq bo‘lib, ayrim joylarda sovuq tushishi mumkin.

Kunduz kunlari harorat 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 5 noyabr uchun batafsil prognoz:

Toshkent shahri:

O‘zgaruvchan bulutli havo, kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.

Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2°C, kunduzi +5...+7°C.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati:

Bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli havo, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5°C, kunduzi +5...+10°C.

Buxoro va Navoiy viloyatlari:

Bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2°C...+3°C, kunduzi +6...+11°C.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari:

O‘zgaruvchan bulutli havo. Kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan shimoliy-sharqiy yo‘nalishga o‘zgaradi, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C, ayrim joylarda -2°C sovuq. Kunduzi +5...+10°C.

Samarqand viloyati:

O‘zgaruvchan bulutli havo, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C, ayrim joylarda -2°C sovuq. Kunduzi +5...+10°C.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:

Bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C iliq, ayrim joylarda -2°C sovuq. Kunduzi +10...+15°C.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari:

O‘zgaruvchan bulutli havo, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbiy yo‘nalishda 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5°C, kunduzi +5...+10°C.

Tog‘oldi va tog‘ hududlari:

O‘zgaruvchan bulutli havo, ayrim joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan shimoliy-sharqiy yo‘nalishga o‘zgaradi, 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10°C, kunduzi -3...+2°C.


O'zbekiston Aholisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing