14:18 / 16.12.2025
2 895

Samarqandda marmar plitalar ichidan 37 kg opiy topildi


Samarqand viloyatida huquqni saqlash organlari tomonidan 37,4 kilogramm opiy moddasi aniqlanib, marmar plitalarga yashirilgan holda topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.

Ushbu moddalarni respublikaga olib kirishga chet ellik shaxs uringan. Operatsiya "Xavfsiz va sog‘lom mamlakat" tadbiri doirasida DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va bojxona organlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Tergov davomida 1992 yilda tug‘ilgan chet ellik shaxs hamda Samarqand viloyatida yashovchi uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.


Samarqand viloyati, Davlat xavfsizlik xizmati, Xavfsiz mamlakat, Chet ellik shaxs, O‘zbekiston fuqarosi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing