15:04 / 16.12.2025
2 162

Kredit qarzdorligi evaziga qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan qarzdorning JMEV GSE YI EVEASY rusumli avtomashinasi kredit qarzdorligi sabab xatlanib, vaqtinchalik saqlash maydoniga joylashtirildi.

Ayni paytda, transport vositasini auksion savdolariga chiqarish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Chora-tadbirlar qarzdorlikni qonuniy tartibda undirish va to‘lov intizomini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Byuro fuqarolarni moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga chaqiradi.


Majburiy ijro, Farg‘ona shahar, Kredit qarzdorligi, Transport vositasi, To‘lov intizomi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing