14:37 / 16.12.2025
2 073

2026 yilda noyob sayyoralar paradini kuzating

2026 yil yanvar oyining boshida noyob astronomik hodisa sodir bo‘ladi: Venera va Mars Quyoshga juda yaqin ko‘rinadi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Ushbu yaqinlashuv tungi osmon fonida yorqin “uchlik” holatida namoyon bo‘ladi. Bu noyob hodisani 2026 yilning 6-7 yanvar kunlari kechasi oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday hodisaning aniq bir kalendar sanasiga to‘g‘ri kelish ehtimoli 20 ming yilda bir marta sodir bo‘ladi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, navbatdagi shunday sayyoralar paradini 2267 yilda, shuningdek, 2324 yilning dekabrida va 2623 yil oxirida kuzatish mumkin bo‘ladi.


Venera va Mars, Quyosh astronomiyasi, Noyob hodisa, Sayyoralar paradi, Tungi osmon
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing