09:35 / 06.01.2025
105 588

1-fevraldan poyezd chiptalari narxi yana oshirilishi kutilmoqda

 

1-fevraldan poyezd chiptalari narxi yana oshirilishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida ayrim poyezdlar chiptalari narxi yana oshirilishini ma'lum qildi.
Narxlarning o‘sishi quyidagicha bo‘ladi:
  yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi: ekonom-klass chiptalari — 20 foizga, VIP va biznes-klass chiptalari — 25 foizga;
  “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlari — 30 foizga.
Shunday qilib, “Afrosiyob” uchun chiptalar narxi:


Toshkent — Samarqand:
  Ekonom- 294 ming so‘m;
  Biznes- 450 ming so‘m;
  VIP — 619 ming so‘m.
Toshkent — Qarshi:
  Ekonom- 406 ming so‘m;
  Biznes- 634 ming so‘m;
  VIP — 854 ming so‘m.
Toshkent — Buxoro:
  Ekonom- 484 ming so‘m;
  Biznes- 751 ming so‘m;
  VIP — 994 ming so‘m.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.


so‘m;, chiptalari, narxi, foizga, 1fevraldan, “Afrosiyob”, Toshkent, Ekonom, Biznes, poyezd, “O‘zbekiston, temir, yo‘llari”, oshirilishini, qildi, biletlari, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing