18:00 / 16.12.2025
1 842

"Manchester Siti" o‘zbek muxlislarini hayajonlantirdi...

Angliyaning mashhur futbol klubi Manchester Siti Instagram sahifasida O‘zbekiston auditoriyasiga murojaat qilgan postni e’lon qildi. Klub yaqin orada yangi hamkorlik haqida xabar berishini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston... tayyormisiz? Ishonchli yangi hamkor yo‘lga chiqdi. #KattaQadamIshonchliZarba", — deyiladi ingliz va o‘zbek tillarida yozilgan postda.

Postda futbolchilar Husanov, Xoland va Foden bilan birga 2025 yil 19 dekabr sanasi ko‘rsatilgan. Ushbu sana rasmiy e’lon kuni bo‘lishi mumkin.

Hamkorlik tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan. Klub kelajakdagi voqeaning formati yoki mazmuni haqida ma’lumot bermadi, bu esa muxlislarni kutish va taxmin qilishga undamoqda.

Ba’zi o‘zbekistonlik muxlislar ingliz klubidan e’lonni intizorlik bilan kutayotganini bildirishgan. Boshqalar esa Xusanov ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardagi postlarda, maydonda esa kamroq ko‘rinayotganidan afsusda ekanliklarini ta’kidlashgan.

Ayrim hazilkash muxlislar esa o‘zbek futbolchisi ortga qaytarilishi haqida kinoya qilishgan.


Manchester Siti, O‘zbekiston auditoriyasi, Yangi hamkorlik, Futbol klubi, Xusanov va Xoland
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing