17:56 / 19.11.2025
504 365
Amorim "Manchester Yunayted" afsonalaridan yordam soʻradi

Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim klub afsonalarini jamoani yangi darajaga olib chiqishda yordam berishga chaqirmoqchi. The Sun nashrining Amorimga yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, mutaxassis "qizil iblislar"ning sobiq futbolchilari Erik Kantona, Devid Bekhem, Pol Skoulz, Teddi Sheringem, Endi Koul va Dvayt Yorkni futbolchilar bilan ishlashga jalb qilishni rejalashtirgan.
Amorim ushbu oltita sobiq futbolchiga chuqur hurmat bilan qaraydi. Portugaliyalik murabbiy oʻtmishda sobiq futbolchilar jamoa bilan muloqot qilib, oʻz bilim va tajribalarini futbolchilarga ulashgan paytlarni yuqori qadrlagan.
Hozirda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi oʻrinni egallab turibdi.
Manchester Yunayted, Ruben Amorim, Klub Afsonalari, Sobiq Futbolchilar, Angliya Premer-ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin — muhokamalar boshlandi
Kantona: "Manchester Yunayted" muxlislarini yo'qotdi
Sun'iy intellekt va O'zbekistonning aqlli iqtisodiyoti