03:18 / 16.12.2025
6 197

Roma Ferqyusonning kelajagi haqida shoshilmaslikka chaqirdi


Rimning “Roma” klubi sport direktori Frederik Massaro irlandiyalik hujumchi Evan Ferqyusonning kelajagi borasida shoshilinch xulosa chiqarishdan ogohlantirdi. Ferqyuson “bo'rilar” safida Angliyaning “Brayton” klubidan ijara asosida to'p surmoqda.

Massaro ta'kidlashicha, hozircha futbolchini to'liq transfer qilish masalasi kun tartibida turibdi, deb aytish erta. Yevropa ligasidagi so'nggi uchrashuvda Ferqyusonning dubli “Roma”ga Shotlandiyaning “Seltik” klubiga qarshi g'alabani taqdim etdi.

“Bu haqda gapirishga hali juda erta. Biz Evaning ishlari joyida ekanidan xursandmiz, u o'zimiz bilgan darajasiga qaytmoqda”, — deya Massaroning so'zlarini Sky Sport keltirdi.

Ferqyuson bilan ijara shartnomasi 2026 yil 30 iyunda yakunlanadi. 21 yoshli futbolchining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda irlandiyalik hujumchi 15 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi va 1 golli uzatma amalga oshirdi.
Roma klubi, Frederik Massaro, Evan Ferqyuson, Yevropa ligasi, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing