04:11 / 16.12.2025
5 861

Xabi Alonso Vinisius bilan quchoqlashuv haqida izoh berdi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yakshanba kuni “Alaves”ga qarshi o‘yinda Vinisius Junior gol epizodidan so‘ng futbolchini quchoqladi. 25 yoshli braziliyalik vinger hamyurti Rodrigo uchun golli pas uzatdi va aynan Rodrigo kiritgan to‘p “qaymoqranglilar”ga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Vinisiusning murabbiy bilan birga g‘alabani nishonlagani alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Sababi avvalroq OAVda futbolchi bilan ispaniyalik mutaxassis o‘rtasida ziddiyat borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Uchrashuvdan keyingi intervyuda Alonso bu holatga munosabat bildirib, jamoa ichida muammo yo‘qligini ta’kidladi: “Biz juda jips jamoamiz. Barcha shov-shuv tashqaridan keladi.

Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”. Mish-mishlarga ko‘ra, “Alaves” bilan o‘yinda omadsiz natija qayd etilganida, 44 yoshli murabbiy iste’foga chiqarilishi ham mumkin edi.

Real klubi, Xabi Alonso, Vinisius Junior, Rodrigo goli, Ispaniyalik mutaxassis
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing