05:15 / 16.12.2025
5 868

Igor Kolyvanov Xabi Alonsoning Real Madridda muammosini aytdi


Sobiq hujumchi va Rossiyaning bir qator klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Igor Kolyvanov Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso iste'foga chiqarilish arafasida turganini ta'kidladi. Mutaxassis fikricha, Alonso yoshiga nisbatan ancha pishiq va dono murabbiy, biroq “Real”dagi ish o'ziga xos: u yerda doim natija talab qilinadi.

Kolyvanov “Match TV” efirida “Natija bo'lmasa, kim bo'lishingdan qat'i nazar, ishdan bo'shatishadi. Xabi pichoqning ustida yuribdi”, dedi.

U, shuningdek, ko'plab yulduz futbolchilar borligiga qaramay, “Real”ning bugungi eng katta muammosi maydondagi aniq yetakchining yo'qligi ekanini qayd etdi. “Real” Alonsoning qo'l ostidagi so'nggi uchrashuvda safarda “Alaves”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Igor Kolyvanov, Real klubi, Xabi Alonso, Yulduz futbolchilar, Maydon yetakchisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing