02:16 / 16.12.2025
6 908

Roma Dibalani jamoada saqlab qolish niyatida ekanini bildirdi


Roma klubi argentinalik hujumchi Paulo Dibalaga jamoa a'zosi bo'lib turgan paytida ishonishini ma'lum qildi. Bu haqda “bo'rilar”ning sport direktori Frederik Massaro futbolchining klubdagi kelajagi borasidagi savolga javob berar ekan, DAZN’ga bergan izohida aytib o'tdi.

“U hozir biz bilan, bundan juda xursandmiz. Hozir barchamiz yaqin o'yinlar va joriy mavsumga e'tibor qaratganmiz”, dedi Massaro.

Dibalaning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Avvalroq argentinalik futbolchi klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2025/2026 yilgi mavsumda Dibala 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Paulo Dibala, Roma klubi, Frederik Massaro, Futbol transferi, Bozor qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing