02:56 / 16.12.2025
6 245

Yuran Gotsuk va Berkovskiy FIFAga shikoyat tayyorlayotganini aytdi


Turkiyaning "Serik Belediyespor" klubida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Sergey Yuran jamoa futbolchilari Kirill Gotsuk va Ilya Berkovskiy maosh bo'yicha qarzdorlik sabab FIFAga murojaat qilish uchun hujjat tayyorlayotganini ma'lum qildi. Avvalroq Yuraning o'zi ham klub bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha tegishli to'lovlar to'liq berilmagani uchun shikoyat arizasi kiritgan edi.

"Berkovskiy va Gotsuk bilan gaplashdim, ularning yuristlari ham klubga xuddi shunday xat yuborishdi va FIFAga jo'natish uchun hujjatlarni tayyorlayapti", — deya mutaxassis so'zlarini keltiradi "Match TV". Yuran ta'kidlashicha, futbolchilar va murabbiylar baribir o'z pullarini oladi: bunday holatlar uchun FIFAda sug'urta mexanizmi mavjud.

Biroq undan faqat klub faoliyatini to'xtatgan taqdirda foydalanish mumkin. Eslatib o'tamiz, Yuran 2025 yil yozida "Serik"ni boshqargan.

Uning kelishi ortidan jamoaga bir qator rossiyalik futbolchilar qo'shilgan. Kuzda aksiyalarining bir qismini "Ximki"ning sobiq egasi Tufan Sadygov sotib olgan klubda moliyaviy muammolar boshlangan.

Shundan so'ng "Serik" va Yuran shartnomani bekor qilgan.
Sergey Yuran, Serik Belediyespor, FIFA sug'urta, Moliyaviy muammolar, Rossiyalik futbolchilar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing