
Fransiyalik sobiq hujumchi Erik Kantona o'zining sobiq klubi "Manchester Yunayted"dagi holatni keskin tanqid qildi. Kantonaning so'zlariga ko'ra, klub nafaqat 27 yil davomida uni boshqargan ser Aleks Fergyuson davrining merosini, balki o'z muxlislarini ham yo'qotgan.
"Men "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni tomosha qilish uchun bordim va muxlislarning qanchalik kamligi yoki ularning juda sokinligi meni hayratda qoldirdi. Shunda angladimki, uy o'yinlariga asosan tashrifchilar keladi, haqiqiy muxlislar esa safar o'yinlarini va boshqa stadionlarni afzal ko'radi, chunki u yerda ular haqiqiy atmosferani his qilishadi", – dedi Kantona derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Erik Kantona "Manchester Yunayted" safida 1992 yildan 1997 yilgacha faoliyat yuritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar