03:10 / 16.12.2025
6 276
Yomg'irli bahsda Rayo Valyekano va Betis golsiz durang o'ynadi

La Liganing 16-turida Madridning Rayo Valyekano klubi o'z maydonida Betisni qabul qildi. Yomg'ir ostida kechgan uchrashuv tengkurashlarda o'tdi va 0:0 hisobidagi “quruq” durang bilan yakunlandi.
O'yinning birinchi bo'limi o'rtalarida Isi Palason jarima zarbasidan aniq yo'llagan to'pni Betis darvozaboni qaytardi. Ikkinchi bo'lim boshida esa betislik Aytor Ruibal jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, bu safar Rayo Valyekano posboni vaziyatni qutqarib qoldi.
Natijada tomonlar hisobni ocha olmadi. Ushbu durangdan so'ng Betis turnir jadvalida 6-o'rinda qoldi, Rayo Valyekano esa 12-pog'onani bir necha jamoa bilan bo'lishib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing