03:33 / 16.12.2025
6 189

Ispaniyada Finalissima 2026 yil martiga belgilandi


Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima uchrashuvi 2026 yil mart oyida o'tkaziladi. Bu sanani Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan tasdiqladi.

Avvalroq o'yin 2026 yil 27 mart kuni Qatarda bo'lib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Lusan El Chiringuito nashriga bergan izohida Finalissima bo'yicha masala mart oyida amalga oshishini, UEFA bilan kelishuv yakuniga yaqinlashganini va endi rasmiy tasdiq kutilayotganini aytdi.

Finalissima milliy terma jamoalar uchun o'ziga xos Superkubok hisoblanadi. Unda amaldagi Yevropa chempioni hamda Amerika kubogi sohibi maydonga tushadi.

Hozir bu unvonlar mos ravishda Ispaniya va Argentinaga tegishli. Argentina terma jamoasi ayni paytda amaldagi jahon chempioni hamdir.

Ispaniya Qirollik, Argentina terma, Finalissima uchrashuvi, Yevropa chempioni, Amerika kubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing