23:17 / 15.11.2025
2 795

Kantona: "Fergyusonning merosi yoʻq qilindi"


Manchester Yunaytedning sobiq yulduzi, fransiyalik hujumchi Erik Kantona, Aleks Fergyuson klubni tark etganidan keyin oʻtgan 12 yil ichida uning merosi butunlay yoʻq qilinganini taʼkidladi. "Ular Aleks Fergyusonning hujumkor futbolga asoslangan ajoyib merosini yoʻq qilishdi.

Klubning yangi egalari bu uslubni qoʻllab-quvvatlamaydi. Men klubga yordam berishni taklif qildim, ammo Jim Retkliff hamkorlikka qiziqish bildirmadi.

Futbolchi boʻlgan paytimda bu klub menga hamma narsani berdi. Oʻzimni qarzdor his qilib, yordam taklif qildim, ammo endi oʻzimni aybdor his qilmayman", – dedi Kantona derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Erik Kantona 1990-yillarda Manchester Yunayted jamoasida oʻynagan.
Manchester Yunayted, Erik Kantona, Aleks Fergyuson, Hujumkor Futbol, Klub Egalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing