
«Manchester Yunayted» va Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi Erik Kantona futbolni hozirda haddan tashqari korporativlashgan deb hisoblaydi. Uning fikricha, yirik klublarda korporativ etika hukmron bo'lib, unga sportda aylanuvchi katta mablag'lar ta'sir ko'rsatmoqda.
«Bu klublar rahbariyati va iqtisodiy tizimning aybi. Futbolning hozirgi holati muammo tug'dirmoqda.
Men endi katta klublarni tomosha qilish yoki ularga qiziqish bildirishni xohlamayman. To'rtinchi yoki beshinchi liga jamoalari darajasidagi futbol meni ko'proq qiziqtiradi.
Chunki u yerda hammasi chinakamiga», – dedi Kantona derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Erik Kantona futbolchilik faoliyatini 1997 yilda yakunlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar