
Sobiq "Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Erik Kantona zamonaviy futbol haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Orqadan to'pga tashlanishlar yo'q, Vinni Jonsning o'yinlari yo'q, himoyachilar qo'llarini orqasiga qo'yib, pingvinlar kabi o'ynashadi.
Men bir mavsumda 60 ta gol urishim mumkin edi", - dedi Kantona The Telegraph nashriga bergan intervyusida. Erik Kantona 1997 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
Fransiyalik hujumchi "Manchester Yunayted" safida 185 ta o'yinda qatnashib, 82 ta gol urgan va 63 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, u "Lids", "Marsel", "Monpelye" va boshqa jamoalarda ham faoliyat olib borgan.
Erik Kantona, Manchester Yunayted, Fransiya Terma, Zamonaviy Futbol, Professional Faoliyat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing