07:56 / 15.11.2025
2 458

Florentino Peres "Real"ni tark etadi


78 yoshli Florentino Peres Madridning "Real" klubi prezidenti lavozimidan muddatidan avval ketadi. Bu haqda jurnalist Pepe Alvares maʼlum qilgan.

Manbaning eksklyuziv maʼlumotlariga koʻra, ispaniyalik funksioner "qaymoqranglilar"ni kelasi yilda tark etadi, garchi uning vakolat muddati 2028-yilgacha belgilangan boʻlsa ham. Eslatib oʻtamiz, Peres 2009-yildan beri "Real" rahbarligida faoliyat yuritmoqda.

"Real" joriy mavsumning 12-turidan soʻng Ispaniya La Ligasida 31 ochko toʻplab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xabi Alonsoning jamoasi eng yaqin taʼqibchidan uch ochkoga oldinda.

23-noyabr kuni "qaymoqranglilar" safarda "Elche"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Florentino Peres, Real Klubi, Ispaniya La Ligasi, Turnir Jadvali, Xabi Alonsoning Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing