20:04 / 10.11.2025
70 287

Bellingem "Real"ning durangidan soʻng izoh berdi


"Real" Madrid derbisida gʻalaba qozona olmadi – "Rayo Valyekano"ga qarshi oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Oʻyindan soʻng "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Jud Bellingem oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida izoh qoldirdi.

"Valyekas"da oʻynash har doim qiyin, ammo biz bir ochko oldik va yoʻlimizni davom ettiramiz. Biz birgalikda boʻlishimiz va tanaffusdan keyin oldinda turgan murakkab oʻyinlar seriyasiga tayyorlanishimiz kerak.

Hala Madrid!" – dedi Bellingem. "Real" hozirda La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Xavi Alonsoning jamoasi "Barselona"dan uch ochko bilan oldinda (31 ga 28). Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Real" safarda "Elche"ga qarshi bahs olib boradi.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing