08:41 / 15.11.2025
2 597
Chelsi Vinisius uchun rekord mablagʻ taklif qilishi mumkin

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior 2026-yilning yozida sotilishi mumkin. "Qaymoqranglilar" rahbariyati 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvga erisha olmayapti.
Shu sababli, yaqin vaqt ichida uning klubni tark etishi ehtimoli yuqori. Agar Fichajes nashrining xabariga ishonsak, "Chelsi" Vinisiusni sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda va uning uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishi mumkin.
Bu transfer London klubining tarixidagi eng qimmat transfer boʻladi. "Koʻklar" rahbarlari hujum chizigʻida braziliyalik uchlik — Vinisius, Joao Pedro va Estevao oʻyinini koʻrishni xohlamoqda.
Soʻnggi ikki futbolchi joriy yilning yozida jamoaga qoʻshilgan.
Real Madrid, Vinisius Junior, Chelsi Klubi, Qimmat Transfer, Braziliyalik Futbolchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar